Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Nurullayeva Parichehra Baxodir qizi

Filologiya yo‘nalishi talabasi, yosh tadqiqotchi va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi talaba

Nurullayeva Parichehra Baxodir qizi — Samarqand davlat universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba. O‘zbek tili va adabiyotiga qiziqadi, ilmiy-ijodiy izlanishlar olib boradi hamda ta’lim va yoshlar yo‘nalishidagi tashabbuslarda faol ishtirok etishga intiladi.

Nurullayeva Parichehra Baxodir qizi
Tugʻilgan sana
20.07.2007
Tugʻilgan joy
Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani
Mutaxassisligi
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Yoʻnalishi
O‘zbek tili va adabiyoti
Faoliyat sohasi
Filologiya, o‘zbek tili va adabiyoti, ilmiy-ijodiy faoliyat, ta’lim va yoshlar tashabbuslari

Men haqimda

Men Samarqand davlat universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olaman. O‘zbek tili va adabiyotiga qiziqaman hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni rivojlantirib kelmoqdaman. Men ilm olishga, yangilik yaratishga va o‘z ustimda ishlashga intilaman. Ayniqsa, o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganish, ona tilimizning imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qiziqaman. O‘zbek tili va adabiyotiga oid mavzularda maqola va materiallar tayyorlash, ilmiy va ijodiy izlanishlar olib borish hamda ta’limiy va ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etishga intilaman. Bo‘sh vaqtlarimda kitob mutolaa qilish, ilmiy va ijodiy izlanishlar olib borish hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashni yoqtiraman. Kelajakda o‘z sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lib, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganman.

Yutuqlari

  • “35 000 tashabbus” milliy platformasida o‘z tashabbusimni ilgari surganman.
  • “O‘zbek tilida 1000 ovoz” tashabbusim “35 000 tashabbus” milliy platformasida ro‘yxatdan o‘tib, tasdiqlangan.
  • O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida ilmiy-ijodiy izlanishlar olib bormoqdaman
  • Yoshlar va ta’limga oid tashabbuslarda faol ishtirok etishga intilaman.

Taʼlimi

Samarqand davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili