Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Maxmudjanova Begoyim Sherali qizi

Talaba, yosh ijodkor, shoir va tadqiqotchi

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. Yosh ijodkor, shoir va tadqiqotchi sifatida she’riyat, ilmiy izlanish, jamoatchilik va volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Maxmudjanova Begoyim Sherali qizi
Tugʻilgan sana
09.02.2005
Tugʻilgan joy
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani
Mutaxassisligi
O‘zbek tili va adabiyoti
Yoʻnalishi
Filologiya
Faoliyat sohasi
Adabiyot va she’riyat, o‘zbek tili va adabiyoti, ilmiy tadqiqot, ta’lim, jamoatchilik va volontyorlik faoliyati

Men haqimda

Begoyim Maxmudjanova she’riyat, o‘zbek tili va adabiyotiga qiziqadigan yosh ijodkor, shoir va tadqiqotchidir. U she’r yozish, badiiy ijod va ilmiy izlanish bilan shug‘ullanadi. O‘zbek adabiyoti, badiiy matn va ta’lim jarayoniga oid mavzularda maqolalar yozadi. U respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, adabiy to‘plamlar hamda ijodiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. She’rlari O‘zbekiston, Turkiya, Hindiston va xalqaro adabiy to‘plamlarda nashr etilgan. Shuningdek, Begoyim Maxmudjanova volontyorlik va jamoatchilik faoliyatida ham faol ishtirok etadi. U Ezgu.uz Xorazm viloyati rasmiy volontyori hamda “Yoshlar fronti ofisi” real targ‘ibotchi volontyori sifatida faoliyat yuritadi.

9+

Yillik tajriba

Yutuqlari

  • “Tashabbuskor yoshlar” nomli to‘plamda she’rlari nashr etilgan.
  • “Ilm va ijod bo‘stoni” to‘plamida “Orzular og‘ushida” nomli she’ri nashr etilgan.
  • Yoshlar festivalining mushoira bellashuvida 3-o‘rin sohibasi.
  • “Iste’dodlar guldastasi” nomli to‘plamda she’ri nashr etilgan.
  • Turkiyaning “Özbek-Türk kültürünün yükselişi” xalqaro to‘plamida she’rlari nashr etilgan.
  • “Namaste Uzbekistan” nomli xalqaro to‘plamda she’rlari nashr etilgan.
  • “Yurt iftixori” ko‘krak nishoni sohibasi.
  • O‘zbekiston–Fransiya xalqaro forumida ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
  • “Fidoyi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sohibasi.
  • “Bo‘lajak olim” mukofoti va sertifikati bilan taqdirlangan.
  • Amerikaning xalqaro “Synchchaos” saytida maqolasi nashr etilgan va Google’da indekslangan.
  • Argentinaning “Juntos por las Letras” xalqaro yozuvchi va shoirlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan.
  • “Sparks of Hope” xalqaro London antologiyasida she’rlari nashr etilgan.
  • Iqra Foundation tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida elchilik guvohnomasi bilan taqdirlangan.
  • “Galactica Poetike ATUNIS” xalqaro saytida ijodi nashr etilgan.
  • “Millatlar Mozaikasi” festivalining “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishoni sohibasi.
  • Rossiya Akademiyasi — “Академия литературы и культуры народов Центральной Азии” guvohnomasi sohibasi.
  • “Kelajak ofisi” dasturi 3-mavsumining rasmiy delegati.
  • “Ta’lim va tarbiyada jadidchilik harakati namoyandalarining o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchisi.