Yoshlar ensiklopediyasi
38 marta koʻrilganReytingda 4-oʻrinFayzimuratova Shabnam Nurali qizi
Yosh ijodkor, shoira, talaba
Fayzimuratova Shabnam Nurali qizi — yosh ijodkor va shoira, ilmiy izlanishlarga qiziqadigan talaba. Filologiya va o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. Ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda, she’rlari esa adabiy to‘plamlarda nashr etilgan.

- Tugʻilgan sana
- 16.05.2008
- Tugʻilgan joy
- Toshkent viloyati, Bekobod tumani
- Mutaxassisligi
- Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
- Yoʻnalishi
- O‘zbek tili
- Faoliyat sohasi
- Adabiyot, she’riyat, ilmiy izlanishlar va filologiya
Men haqimda
Men ilmiy izlanishlar olib borish, kitob o‘qish va badiiy adabiyot bilan shug‘ullanishga qiziqaman. She’r yozaman va ijodiy faoliyatimni rivojlantirib boraman. Ilmiy konferensiyalarda maqolalarim bilan qatnashaman. Filologiya va o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olib, ilmiy hamda ijodiy bilimlarimni boyitishga intilaman.
Yutuqlari
- 2025-yilda MDH miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim sohasidagi fidoyi xizmatlari uchun” Respublika tanlovi g‘olibasi va ko‘krak nishoni sohibasi.
- 2026-yilda Jadidlar Xalqaro Assotsiatsiyasining “Yil talabasi” tanlovi g‘olibasi va ko‘krak nishoni sohibasi.
- Germaniya, Tojikiston, Turkiya va boshqa davlatlardagi jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
- Respublika ilmiy konferensiyalarida ilmiy maqolalari bilan ko‘p marotaba ishtirok etgan va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
- “Sir bo‘yi ilhomlari” kitobida 20 dan ortiq she’rlari nashr etilgan.



