Yoshlar ensiklopediyasi
24 marta koʻrilganReytingda 9-oʻrinE'zoza Turg'unova
Jurnalist, ssenarist, rejissyor va pedagog.
E'zoza Turg'unova — jurnalist, ssenarist, rejissyor va pedagog. 2017-yildan buyon jurnalistika va media sohasida faoliyat yuritib keladi. U televideniye, axborot-tahliliy media, raqamli texnologiyalar va ta'lim yo'nalishlarida faoliyat olib borgan. «IT Star — 2024» tanlovi g'olibi hamda IT sohasi bo'yicha ilmiy ish olib borgan jurnalist.

- Tugʻilgan sana
- 27.08.2000
- Tugʻilgan joy
- Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani
- Mutaxassisligi
- Jurnalistika
- Yoʻnalishi
- Televideniye va radioeshittirish.
- Faoliyat sohasi
- Jurnalistika, televideniye, media, ssenariynavislik, rejissyorlik, pedagogika va raqamli texnologiyalar.
Men haqimda
Men jurnalistika, ssenariynavislik, rejissyorlik va pedagogika yo'nalishlarida faoliyat yuritaman. 2017-yildan buyon televideniye va axborot-tahliliy media sohasida turli loyihalar ustida ishlab kelaman. Men raqamli texnologiyalar, zamonaviy jurnalistika, diktorlik, psixologiya va marketing sohalariga qiziqaman. Faoliyatim davomida IT sohasi, raqamli texnologiyalar va ularning ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida e'tibor qaratib kelaman. Men yosh dasturchilar, IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va zamonaviy kasblarga qiziqayotgan yoshlarni ommaga tanitishga qaratilgan media loyihalarda ishtirok etganman. Shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib, zamonaviy jurnalistika va OAVda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni bo'yicha maqola va tezislar yozganman. Kelgusida yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, xotin-qizlarning ta'lim va kasb orqali imkoniyatlarini kengaytirishi, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan ta'limiy va ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etishni maqsad qilganman.
9+
Yillik tajriba
Yutuqlari
- «IT Star — 2024» tanlovi g'olibi.
- IT sohasi bo'yicha ilmiy ish olib borgan jurnalist.
- «IT-Woman», «IT-Motivatsiya», «IT-Kids», «IT-Education» va «IT-Termin» kabi media loyihalar muallifi.
- «IT sohasining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi» mavzusida magistrlik dissertatsiyasi muallifi.
- Zamonaviy jurnalistika muammolari va OAVda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni bo'yicha ilmiy maqola va tezislari xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallar hamda konferensiya to'plamlarida e'lon qilingan.
- «Jurnalistlarni tayyorlashda kreativ yondashuv» nomli ilmiy maqolasi CyberLeninka ochiq ilm-fan platformasidan o'rin olgan.
- Faoliyati davomida tayyorlagan loyihalari tibbiyot texnikumlarida bo'lajak hamshiralarga onlayn dars sifatida namoyish etilgan.
- IT va raqamli texnologiyalar yo'nalishidagi loyihalari Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan bir necha bor e'tirof etilgan.
Faoliyat yoʻli
- 2017O'zbekiston telekanalining madaniy-ma'rifiy va badiiy-ko'ngilochar2017-yilda jurnalistik faoliyatimni O'zbekiston telekanalining madaniy-ma'rifiy va badiiy-ko'ngilochar dasturlarida boshlaganman. «Assalom O'zbekiston» ko'rsatuvida muharrir, boshlovchi va muxbir sifatida faoliyat yuritganman hamda bir qator loyihalar muallifi bo'lganman.
- 2022«IT-Woman», «IT-Motivatsiya», «IT-Kids», «IT-Education»,«IT-Termin»2022-yildan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi axborot-tahliliy portalida faoliyat yuritib, «IT-Woman», «IT-Motivatsiya», «IT-Kids», «IT-Education», «IT-Termin» kabi loyihalarni tayyorlaganman. Ushbu loyihalar orqali yosh dasturchilar, IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ommaga tanitish, yoshlarni zamonaviy sohalarga qiziqtirish va raqamli texnologiyalar olamidagi yangiliklarni namoyish etishga hissa qo'shganman.
- 2026Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziHozirgi kunga qadar Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida my.gov.uz portalining qulay xizmatlarini targ'ib qiluvchi videoroliklar muallifi, muharriri va rejissyori sifatida hamda Xabar.uz axborot-tahliliy portalining media bo'limi muharriri sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
Loyihalari
- «IT-Woman» — IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni tanitishga qaratilgan loyiha.
- «IT-Motivatsiya» — yoshlarni IT va zamonaviy sohalarga qiziqtirishga qaratilgan loyiha.
- «IT-Kids» — yosh avlodni IT va raqamli texnologiyalarga qiziqtirishga qaratilgan loyiha.
- «IT-Education» — ta'lim va IT yo'nalishlarini yorituvchi loyiha.
- «IT-Termin» — raqamli texnologiyalar va IT sohasiga oid tushunchalarni yorituvchi loyiha.
- my.gov.uz portalining qulay xizmatlarini targ'ib qiluvchi videoroliklar.



