Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Azizova Rayhona Botiraliyevna

Talaba, volontyor, kontent maker, tuman koordinatori

Azizova Rayhona Botiraliyevna — yoshlar, ta’lim, IT va kitobxonlik yo‘nalishlariga qiziqadigan faol yosh. Norin tumani 3-sonli Texnikumida “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari” yo‘nalishida tahsil oladi. Turli loyihalarda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, jamoa bilan ishlash va loyihalarni rivojlantirish tajribasiga ega.

Azizova Rayhona Botiraliyevna
Tugʻilgan sana
16.09.2009
Tugʻilgan joy
Namangan viloyati, Norin tumani
Mutaxassisligi
Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari
Yoʻnalishi
IT, ta’lim, yoshlar faoliyati, kitobxonlik va volontyorlik
Faoliyat sohasi
IT, ta’lim, volontyorlik, kontent yaratish, kitobxonlik va yoshlar loyihalari

Men haqimda

Men yoshlar, ta’lim va IT yo‘nalishlariga qiziqaman. Turli loyihalarda volontyor sifatida faoliyat yuritaman va jamoa bilan ishlash, tadbirlar hamda loyihalarda ishtirok etish orqali tajribamni rivojlantiraman. Kitob o‘qishga qiziqaman va Instagram platformasida bookblog yuritaman. Shuningdek, ta’lim va kasbiy rivojlanishga oid turli kurslarda qatnashib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga intilaman. Kelajakdagi maqsadim — o‘quvchilarining eng sevimli ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lish.

2+

Yillik tajriba

Yutuqlari

  • Ona tili fanidan milliy sertifikat sohibi.
  • Mutolaa ilovasida 10 dan ortiq kitobni yakunlaganlikni tasdiqlovchi 100%li sertifikat sohibi.
  • Qizlar akademiyasi platformasida HR, atelye ochish, xalqaro grantlar, surdotarjimonlik va boshqa yo‘nalishlarda 10 dan ortiq kasbiy kurslarni yakunlagan.
  • Turli yoshlar, ta’lim va IT loyihalarida volontyor sifatida faol ishtirok etgan.